00:37 / 03.03.2016
4576

OChL. "Paxtakor" mehmonda "Al Hilol"ga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi 4:1 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida o‘ng qanotdan Sherzod Karimovning havolatib uzatib bergan to‘pini Igor Sergeyev boshi bilan darvozaga yo‘lladi (0:1). Birinchi bo‘limda boshqa gollar bo‘lmadi.

56-daqiqada Abdulloh Al Zori boshi bilan urgan gol bilan hisobni tenglashtirdi (1:1). Keyingi daqiqada yana o‘sha Abdulloh Al Zori chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoniga to‘p uzatdi, Adnan Oraxovats boshi bilan to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi (1:2).

 

61-daqiqada Xolid Kaabi sherigi oshirgan to‘pni jarima maydoniga kirib borib darvozaga yo‘lladi (1:3). Oradan biroz o‘tib Xolid Kaabi Muhammad Al Shlhub tomonidan oshirilgan to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘llab dublga erishdi (4:1).


OChL, 2-tur "S" guruhi
“AL HILOL” (Saudiya Arabistoni) - “PAXTAKOR” (O‘zbekiston) - 4:1
Gollar: Igor Sergeyev 31, - 0:1. Abdulloh Al Zori 56, - 1:1. Adnan Oraxovats 57 avtogol, - 2:1. Xolid Kaabi 61, - 3:1. Xolid Kaabi 79, - 4:1.

"AL HILOL": 1.Xolid Sharaxili, 2.Muhammad Al Burayk, 3.Karlos Eduardo (6.Muhammad Al Qarni, 75), 4.Abdulla Al Zori, 5.Ahmad Sharaxili, 9.Ailton, 10.Muhammad Al Shlhub, 11.Abdulaziz Al Davsari (15.Nosir Al Shamroni, 58), 14.Saud Kariri, 23.Kvak Tae Xvi, 25.Faysal Darvish (19.Xolid Kaabi, 46)

“PAXTAKOR”: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 7.Azimjon Ahmedov (5.Akbar Ismatullayev, 58), 8.Sherzodbek Karimov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeyev, 15.Javohir Sohibov, 19.Suhrob Berdiyev (9.Jaloliddin Masharipov, 64), 21.Kamoliddin Tojiyev, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev (29.Vladimir Kozak, 71)

Top