10:31 / 03.03.2016
7475

O‘zbek dasturchilari Galagram messenjerini ishlab chiqishdi

"Star Palete" mas'uliyati cheklangan jamiyati dasturchilari "GALAGRAM" mobil va kompyuter ilovasini ishlab chiqishdi.

Galagram - bu Android, BlackBerry OS, iQ_S, Svmbian, Windows Phone, Bada platformalarida va kompyuterlarda Windows, OS_X va Linux boshqaruvida ishlaydigan smartfonlar uchun mo‘ljallangan internet-telefon. Bu - bepul krossplatformali messenjer.

Galagram orqali matnli materiallar, rasmlar, ovozli smaylchalar, foto-, video- va audioxabarlar yuborish, besh yoki undan ortiq kishilar uchun videokonferensiyalar tashkil qilish, shuningdek onlayn o‘yinlar tashkil etish, xalqaro kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin.

Servis xalqaro bozorga mo‘ljallangan bo‘lib, multitil (ingliz, rus, o‘zbek, xitoy va b.) interfeysiga ega. Foydalanuvchilarning akkuntlari telefon raqamlariga ulanadi. Servisda ro‘yxatga olish va keyinchalik yangi qurilmalarni avtorizatsiya qilishda kodli SMS-xabar yuborish orqali telefon raqami tekshiriladi. Olingan kod mazkur akkunt uchun yangi mijoz ilovasini avtorizatsiya qiladi.

Mualliflar - Bo‘ronov Bekzod va Sharipov Shohruxga ushbu dastur uchun № DGU 03447 guvohnoma berildi.

Top