14:06 / 03.03.2016
5946

Kuvaytda politsiyachi kaltaklandi (video)

Kuvaytda politsiyachi kaltaklandi. Bu voqea aks etgan videoda tasvirlanishicha, kuchli kayf ta'siri ostida bo‘lgan iordaniyalik odam tungi kiyimda mashina ustiga chiqib olib g‘alati raqslar ijro etadi. Keyin sakrab tushib o‘z xizmat mashinasi yonida turgan politsiyachini besabab kalaka qila boshlaydi va to‘satdan oyog‘i bilan boshiga zarba beradi. Politsiyachi kutilmagan zarbadan yiqiladi, mast odam esa uni qattiq kaltaklashda davom etadi.

Video tasvirda uni tartibga chaqirmoqchi bo‘lgan odamlarni ham quvlab urmoqchi bo‘lgani ham ko‘rinadi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, erkak kuchli psixotrop moddalar ta'siri ostida bo‘lgan. Qochmoqchi bo‘lgan zo‘ravonni politsiya xodimlari va yo‘lovchilar tutib olishgan.

Top