14:20 / 03.03.2016
3160

Uzoq davom etgan stress xotirani zararlaydi

Ogayo universiteti tadqiqotchilari uzoq davom etgan stress va xotiraning yo‘qolishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini topishga muyassar bo‘lishdi, deb xabar beradi RNS. Tadqiqotning to‘liq matni The Journal of Neuroscience ilmiy nashrida e'lon qilingan.

Tadqiqot doirasida sichqonlarni davomiy stress holatida ushlab, dominant erkak sichqonlar hujumi ham uyushtirilgan. Natijada, sichqonlarda xotiraning buzilishi kuzatilgan.

Bundan tashqari olimlar shuni aniqlashdiki, hujum ostida bo‘lgan sichqonlar labirintga qo‘yib yuborilganlarida, chiqish yo‘lini qiyinchilik bilan eslay olishgan. Bu muammo sichqonlarda 28 kun saqlanib qolgan.

Qolgan sichqonlar esa osonlik bilan chiqish yo‘lini topa olishgan.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, stress holatida bo‘lgan sichqonlarda yangi neyronlarning paydo bo‘lishi kamaygan va stressga bo‘lgan immun tizimining reaksiyasi oqibatida ular miyasida shamollash kelib chiqqan. Lekin sichqonlarga shamollashga qarshi dorilar yuborilganda ularning xotiralari tiklangan.

Top