12:16 / 03.03.2016
3451

WhatsApp orqali BAAni haqorat qilgan ummonlik jazolandi

Birlashgan Arab Amirliklari Oliy Sudi ummonlik odamni BAA timsollarini haqoratlagan degan qaror bilan unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish va 50 ming dirham jarima solish jazosini tayinladi.

Jinoyatchi qamoq muddatini o‘tab bo‘lgach, mamlakatdan badarg‘a qilinadi.

U davlat ramzlari ustidan kulish va obro‘siga putur yetkazish maqsadida ma'lumotlar tarqatganlikda ayblanmoqda.
Shartli ravishda S.M.S deb atalayotgan gunohkor WhatsApp tarmog‘i orqali Yaman amirligi aholisini ham “qo‘rqoqlar” deb atagan.

Top