08:22 / 03.03.2016
3758

XKSdan qaytgan amerikalik fazogir Yerdagi ilk suratlarini chop etdi

NASA fazogiri Skott Kelli Xalqaro koinot stansiyasidan qaytgandan keyin Yerdagi birinchi ikkita suratini chop etdi. "Koinotda bir yil" dasturi doirasida Yer orbitasida 340 kun bo‘lgan fazogir suratlardan birida samolyot trapi oldida suratga tushgan. Bu dasturda shuningdek rossiyalik fazogir Mixail Korniyenko ham ishtirok etdi.

"Mening uyga qaytishimda Yerda – Norvegiyada kutib olgan birinchi tongim", deb izoh yozdi fazogir ikkinchi suratiga.

Fazogir XKSdagi oxirgi kunida koinot stansiyasida fazogirlar kuniga 5 marta kutib oladigan tongning bir nechta suratlarini chop etgandi.

Kelli XKSda suratga olgan mingga yaqin surat bilan Windows on Earth loyihasi saytida tanishish mumkin. Bu saytda qolgan fazogirlarning suratlari ham bor.

XKSda bir yil davomida bo‘lgan fazogirlar Skott Kelli, Mixail Korniyenko va yarim yil bo‘lgan Sergey Volkov 2 martda "Soyuz TMA-18M" kemasi kapsulasida Yerga qaytdilar. Kapsula Qozog‘istonga qo‘ngan.

Top