18:11 / 04.03.2016
8250

4 ming dollarlik maosh bilan fotograflar izlanmoqda

Netflix kompaniyasi fotograflar uchun tanlov e'lon qilgan. Kompaniya tanlov g‘oliblariga 4 ming dollardan maosh berishga tayyor.
#Grammsters3 nomli tanlovda g‘olib bo‘lgan fotograflar kompaniyada ikki xafta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

G‘oliblar ikki xafta davomida Yevropa suratga olish maydonlari bo‘ylab sayohat qiladilar va kompaniyaning Instagrami uchun surat oladilar. Kompaniyaning o‘zi sayohatni tashkillashtiradi va barcha to‘lovlarni amalga oshiradi.

Tanlov 6 martga qadar davom etadi. 11 mart kuni eng yaxshi 25 nafar fotograf saralab olinadi. 29 mart kuni esa Netflix mutlaq 4 g‘olibni ma'lum qiladi va ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot o‘rnida: Netflix — film va seriallar, multimedia mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Amerika kompaniyasi. 1997 yili tashkil topgan. 2016 yil yanvar holati bo‘yicha kompaniyaning dunyo bo‘ylab 69 milliondan ortiq mijozlari bor.

Top