15:31 / 04.03.2016
2071

«Arsenal» darvozaboni Petr Chex 3-4 haftaga safdan chiqdi

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni Petr Chex jarohati sabab uch yoki to‘rt haftani maydon tashqarisida o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, Chexdan tashqari himoyachi Loran Koselnida ham kichik jarohat bor. Ikkala futbolchi ham 29-turning «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

«Chexning mushak bo‘g‘imlarida jiddiy jarohat bor edi. U «Suonsi»ga qarshi o‘yinda ham shu jarohati bilan harakat qildi. Lekin u maydonga tushishga tayyorligini bildirdi. 33 yoshli futbolchiga ishondim, axir u professional. Ba'zida futbolchilarda ishtiyoq kattaligi tufayli og‘riqni sezmaslik holati ham bo‘ladi. Qolaversa mart oyida futbolchilarda a'lo darajadagi sport formasi bo‘lmaydi», deya jamoa bosh murabbiyi Vengerning so‘zlarini keltiradi goal.com

Joriy mavsumda Chex 28ta o‘yinda ishtirok etib, darvozasidan 28ta gol qo‘yib yuborgandi.

Top