14:16 / 04.03.2016
9445

Belaruslik yigit O‘zbekistonga piyoda kelmoqchi

Sarguzasht talab belaruslik yigit 3 ming kilometrlik masofani to‘rt yil ichida bosib o‘tishni mo‘ljallagan.

Belarusning Grodno shahrida istiqomat qiluvchi Sergey Moroz 1 mart kuni uzoq muddat va masofali yo‘lga otlandi. U olti mamlakat: Belarus, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonni piyoda aylanib chiqishni rejalashtirgan, deb xabar beradi t-styl.info.

Uning ixtiyorida o‘z mablag‘iga sotib olingan eng zaruriy oddiy narsalar hamda kamera va smartfon bor. Sergey barcha g‘amlab qo‘ygan narsalarini kichikina aravachada olib yuradi.

Sayohatining ilk kunida Moroz izg‘irin tufayli 25 kilometrgina masofani bosib o‘tdi.

Top