07:01 / 04.03.2016
3741

Domodedovo aeroportiga Boeing-737 samolyoti favqulodda qo‘ndi

Rossiyaning Orenair aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti Moskvadagi Domodedovo aeroportiga dvigatellaridan biri ishlamay qolgandan keyin favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bortida 43 kishi bo‘lgan samolyot pastlayotgan paytda dvigatellaridan biri ishlamay qolgan. Samolyot ekipaji bu haqda aeroport dispetcherlariga xabar bergan. Samolyot yerdan nazorat qilingan holda qo‘ndirilgan

Qo‘nish paytida hech kim jarohat olmagan.

Top