23:11 / 04.03.2016
4299

Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatiga 16 nafar jismoniy va 12 nafar yuridik shaxsni qo‘shib, uni kengaytirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida aytilmoqda. Sanktsiyalar ro‘yxatiga aynan kimlar kiritilgani aytilmagan.

Ta'kidlanishicha, sanksiyalar kiritilishi haqidagi huquqiy hujjatlar 5 martda chop etiladi. Bu sanksiyalar Shimoliy Koreyaning 2016 yil 2 martdagi yadroviy sinovlari va 7 fevraldagi raketa uchirishiga javob tariqasida kiritilmoqda.

Yevropa Ittifoqining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalari 2006 yil 22 dekabrdan amal qilib keladi.

Sanktsiyalar Shimoliy Koreyaga qurol-aslaha, harbiy texnologiyalar, ikki maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan texnologiya va mahsulotlar yetkazib berishga taqiqlovni o‘z ichiga oladi.

KXDR BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalarini tan olmasligini bildirdi

Top