16:50 / 04.03.2016
4232

Mail.Ru Group dasturchi-xodimlarining onalarini sirli ravishda kompaniya ofisiga olib keldi

8 mart arafasida Mail.Ru Group bir necha dasturchilariga kamera oldida o‘z onalarini tabriklash va hayot yo‘llarida onalarining tutgan o‘rni haqida gapirib berishni taklif qilishdi.

Mail.Ru Groupning ishontirishicha, ishtrokchilar ularning onalarini Novosibirskdan Minskgacha bo‘lgan turli shaharlardan Moskvaga ulardan sir tutgan holda olib kelinganini bilmaganlar.

Red Keds agentligi va Fresh Production kompaniyasi loyihani amalga oshirgan va suratga olgan.
Mail.Ru Group bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Sergeyevning aytishicha, dasturchilar – “kamgap va kamsuqum odamlar”, biroq hatto ular ham o‘z onalari haqida “ochiq-oydin va ta'sirli” so‘zlaganlar.

Top