10:04 / 04.03.2016
2932

Norvegiya birinchi marta zaxira jamg‘armasidan pul olishiga to‘g‘ri keldi

Norvegiya hukumati zaiflashayotgan iqtisodiyoti tufayli mamlakatning zaxira jamg‘armasi hisobidan mablag‘ olishiga to‘g‘ri keldi. Bu jamg‘armadagi mablag‘lar 823 mlrd dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, 20 yil avval yaratilgan va neft sotilishi hisobidan to‘ldirib boriladigan jamg‘armadan yanvarda davlat xarajatlariga 780 mln dollar sarflangan.

Avvalroq neft narxining tushishi Norvegiya hukumatini zaxira jamg‘armasidan pul olishga majbur qilishi mumkinligi ta'kidlangandi.

Top