14:08 / 04.03.2016
2355

OAV: Xitoy banklari KXDRga pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘ydi

Xitoyning to‘rtta yirik davlat banklari Shimoliy Koreyaga ham dollar, ham yuandagi pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘ydi. Bunday chora-tadbirlar KXDRning xalqaro taqiqlarni buzgan holda yadroviy raketa sinovi o‘tkazgani uchun rasmiy Pxenyanga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarning bir qismi sifatida amalga oshirildi, deya xabar beradi TASS «Tokio simbun» nashri ma'lumotlariga tayanib.

Manbaga ko‘ra, KXDRga pul o‘tkazmalarini Xitoydagi to‘rtta yetakchi bank – Xitoy Banki, Xitoy qurilish banki, Xitoy savdo va sanoat banki va Xitoy qishloq xo‘jaligi banki to‘xtatib qo‘ygan.

2013 yilda ham KXDR uchinchi bor yadroviy sinov o‘tkazganida vaqtinchalik pul o‘tkazmalari to‘xtatilgandi.

Top