12:11 / 04.03.2016
16136

O‘nlab odamlarni qaqshatgan firibgar qo‘lga tushdi

Bir necha o‘nlab odamlarning ishonuvchanligi va soddaligidan foydalanib, ularning turli iltimoslarini bitirib berish va'dasi bilan pul olgan firibgar shaxsning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Postda” nashri To‘lqin deya ismi o‘zgartirilgan shaxsning bir qancha jinoyatlari haqida ma'lum qildi:

U bir fuqaroning nogironlik nafaqasini ish staji bo‘yicha o‘zgartirib berish maqsadida dastlab 300 AQSh dollari, so‘ng turli harajatlarga deb 1 million so‘m pulini olib, g‘oyib bo‘ladi.

Keyinchalik yana bir fuqarodan ukasini ishga joylab qo‘yishga va'da berib, dastlab 200, so‘ng 500 AQSh dollari miqdorida pul olgan. Ana shunday da'vo bilan, ya'ni aeroportga ishga joylab qo‘yaman deb, bir ayoldan ikki marta 500 AQSh dollarini oladi. Ammo “ish” bitmaydi, pul ham qaytmaydi.

Firibgar yana bir ayolga sex ochib berishni taklif qiladi va undan 4900 AQSh dollari oladi. Natija yana avvalgidek.

U keyinroq haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygan fuqarodan “yordam” berish maqsadida avval 200 AQSh dollari, keyin 646 ming so‘m pul olgan.

Nashr ayblanuvchining bu kabi jinoiy ishlaridan yana bir nechtasini misol tariqasida keltiradi.

Maqola so‘ngida o‘zi yaxshi bilmagan, sinamagan odamga laqqa tushgan fuqarolar tanqid ostiga olinib, “ular pora olish bilan birga pora berish ham qonunga xilof ekanligini bilishmasa”, deya mulohaza yuritiladi.

Top