14:42 / 04.03.2016
3969

Pokistonlik fuqaro Facebookdagi e'loni sabab 13 yilga qamaldi

Pokistonlik fuqaro Facebook’dagi sahifasida dinni haqoratlovchi materiallar qo‘ygani uchun 13 yilga qamaldi, deb xabar berdi sud ishida qatnashgan huquqshunoslar.

25 yoshlik Rizvan Haydar mazhablararo adovatni targ‘ib qilgani uchun terrorizmga qarshi sudda ishi ko‘rib chiqildi.

“Haydar dini bo‘yicha shia musulmonlariga mansub bo‘lib, u o‘z sahifasida sunniy musulmonlariga qarshi targ‘ib etuvchi ma'lumotlar qoldirgan. Shuning uchun unga qarshi ish ochildi”, - deya prokuror Odil Chatta sud davomida e'lon qildi.

Bundan tashqari, u 250 000 rupiyaga (2500 dollarga) jarimaga tortilgan, lekin Haydar uni to‘lashdan bosh tortib, appelyatsiyaga berishini aytgan.

Haydar ximoyachisi Shamim Zaidiniyng so‘zlariga ko‘ra, “U faqatgina “layk” tugmasini bosgan, materiallarni post qilmagan”.

Avvalroq, Pokiston hukumati Tolibonlar tomonidan 2014 yil dekabr oyida Peshovordagi maktabga hujum uyushtirganidan so‘ng 153 kishining halokati tufayli, ekstremizmga qarshi kurashish maqsadida, adovatlarni targ‘ib qiluvchi jinoyatlarga qattiqroq jazo o‘rnatgan edi.

Top