11:30 / 04.03.2016
2738

Ronaldu: «11 futbolchini aldab o‘tib, gol urishni orzu qilaman»

Ispaniyaning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rasmiy saytiga bergan intervyusi chog‘ida o‘zining sport formasi va orzu qiladigan goli borasida fikr bildirib o‘tdi.

«O‘yin darajasi uzoq yillar tinmay qilingan mehnatlarim, ishga bo‘lgan sadoqatim samarasi. Yildan-yilga bu borasida o‘zimda hech qanday pasayishni ko‘rayotganim yo‘q. Shu ruhda davom etishni istayman. Hech narsa tasodifan yuzaga kelmaydi. Agar har kuni o‘z ustingda ishlamasang, mehnat qilmasang, iqtidorning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Men aynan shunday mehnat qilishga harakat qilib kelmoqdaman. Gap faqat bugun haqida emas, oxirgi 10 yildan buyon shunday o‘ynayman».

«Shu kungacha bir qator yaxshi saviyadagi gollar kiritganman. Orzuimdagi gol esa – bu 11 raqibni aldab o‘tib gol urish. O‘ylashimcha, hayotda bu ishni amalga oshirishimning iloji yo‘q, lekin yana kim biladi deysiz», deya ta'kidladi Ronaldu.

Top