15:21 / 04.03.2016
4287

Samvel Babayan O‘zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan OAV vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi axborot xizmati ma'lum qildi.

O‘tgan yilning iyun oyidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Samvel Babayan mazkur so‘rovnomada, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lgan kiritgan Qarshining “Nasaf” klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiv hamda O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasini Jahon chempionatida chorak finalga qadar olib chiqqan Ravshan Haydarovlarni ortda qoldirdi.

Ta'kidlash joiz, Samvel Babayan murabbiyligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 hamda OK-2019 saralashi doirasida jami 4 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va ularning barchasida g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etdi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi so‘rovida kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Samvel Babayan (O‘zbekiston milliy terma jamoasi) – 60 ochko
2. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf», O‘zbekiston) – 44 ochko
3. Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U-20 terma jamoasi) – 10 ochko

Top