17:19 / 05.03.2016
14002

BAA magnatlari dunyoning top-millarderlari ro‘yxatidan joy oldi

O‘n ikki BAA rezidenti Forbesning 2016 yildagi milliarderlar ro‘yxatiga qiritildi va ular mablag‘larining umumiy qiymati 36.2 milliard dollarga yetdi.

Jurnal ma'lumotiga ko‘ra, magnatlarning soni 2014 yildan 2015 yillar ichida 10 dan 12 taga ko‘paygan va boyliklarining qiymati 34,1 milliardan 36,2 milliard dollarga, ya'ni 2,1 milliardga qo‘tarilgan.

1. Majid Al Futtaym — 5 milliard dollar


BAA 2015 yilgi ro‘yxatining birinchi o‘rnini Majid Al Futtaim egalladi. Dunyo milliarderlarining umumiy reytingida u 270-o‘rinni egallagan. Uning xolding kompaniyasi savdo markazlari operatori hisoblanib, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, O‘rta Osiyodagi va Amirliklardagi bir qancha savdo markazlariga, bundan tashqari Carrefour gipermarketlariga egalik qiladi.

2. Abdulloh ibn Ahmad Al Gurair — 4.9 milliard. dollar


Abdulloh ibn Ahmad Al Gurair va uning oilasi reytingdagi ko‘rsatkichidan pastlab, birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Forbes uning boyligini 6.4 milliard dollardan 4.9 milliard dollargacha tushirdi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, buning sababi, Abdulloh Al Gurair o‘zining uchdan bir mablag‘ini bir qancha ta'lim dasturlariga sarmoya kiritganligi ekan. Uning 1967 yilda tashkil etgan Mashriq Banki (Mashreqbank) mamlakatdagi eng katta banklarning biri hisoblanadi.

3. Mikki Jagtiani — 4.4 milliard dollar


Uchinchi o‘rinni asli hindistonlik, lekin Dubayda yashovchi Mikki Jagtiani 4.4 milliard dollar bilan egallab turibdi. Uning jahondagi reytingi 338-o‘rin hisoblanadi. Uning asosiy daromadi ulgurji savdodan bo‘lib, Landmark Group kompaniyasiga egalik qiladi. Kompaniyaning Yaqin Sharq, Afrika va Hindistonda taxminan 2000 atrofida do‘konlari mavjud. Kompaniya yillik daromadi 6 milliard dollarni tashkil etgan.

4. M.A. Yusuf Ali — 4.2 milliard dollar


BAAdagi to‘rtinchi eng boy odam asli hindistonlik, lekin Abu Dabida yashovchi M.A. Yusuf Ali hisoblanadi. Uning mablag‘i 2.5 milliarddan 4.2 milliard dollarga ko‘tarilgan va dunyo reytigida u 737 dan 358-o‘ringa qo‘tarilgan. M.A. Yusuf Ali LuLu Group kompaniyasi rahbari hisoblanib, ko‘pgina arzon narxdagi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi supermarket, giperstorlar va oziq-ovqat do‘konchalarini yurgizadi. Kompaniya yillik daromadi 6.3 milliard dollarni tashkil etgan.

5. Xuseyn Sajvani — 3.2 milliard dollar


Xuseyn Sajvani beshinchi o‘rinni egallab, bu yil ro‘yxatda o‘z debyutini amalga oshirdi. U ko‘chmas mulklarni rivojlantiruvchi Damac Properties kompaniyasini 2002 yil asos solib, Dubay hukumatining chet elliklar uchun qo‘chmas mulkni sotish imkoniyati berilganligi haqidagi qaroridan foydalanib, shaharning rivojlanmagan qismlarini rivojlantirib, 38 qavatlik uy-joy komplekslarini olti oy ichida sotishga erishgan.

6. Abdulloh Al Futtaym — 3.1 milliard dollar


Ro‘yxatda oltinchi o‘rinni egallagan Abdulla Al Futtaym (dunyo bo‘ylab 549-o‘rin) 3.1 milliard dollarga egalik qiladi. U egalik qiluvchi Al Futtaim Group konglomerati Toyota va Honda avtomashinalarining BAA va Misrdagi distribyutori hisoblanadi. Bundan tashqari, u Ikea, Toys "R" Us va Marks & Spencer brendlarining franchayzinglariga ham egalik qiladi.

7. Ravi Pillai — 2.9 milliard dollar


Abdulloh Al Futtaymdan keyingi o‘rinni Dubayda yashab tadbirkorlik qiluvchi Ravi Pillai 2.9 milliard dollar bilan egallagan. Aslida fermerning o‘g‘li bo‘lgan Ravi, Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tib, qurilish bilan shug‘ullanishni boshlagan. U egalik qiluvchi RP Group kompaniyasi qurulishdan yiliga 4.8 milliard dollar daromad oladi. U o‘z oldiga Dubayda 110 qavatlik bino qurish maqsad qilib qo‘yilgan.

8. Saif Al Gurair — 2.2 milliard dollar


Sakkizinchi o‘rinni egallagan Saif Al Gurair, ro‘yxatdagi ikkinchi eng boy insonning ukasi hisoblanadi. Uning boyligi 2.2 milliard dollar (dunyo bo‘ylab 810-o‘rinda) deb baholangan. Al Ghurair Group xoldingining sobiq raisi bo‘lgan, bundan tashqari u Mashriq Banki (Mashreqbank)ning ta'sischilaridan biri hisoblanadi.

9. Sanni Varkey — 1.9 milliard dollar


Ta'lim magnati hisoblangan Sanni Varkey BAAdagi boylar ro‘yxatida 9-o‘rinni (dunyo bo‘ylab 949-o‘rin) egallagan. Dunyodagi eng katta 12 ta maktabga egalik qiluvchi KG-to-Grade operatori asoschisining mablag‘i 1.9 milliard dollar deb baholangan. Hozirda Sanni Varkeyning Hindistonda 100 dan oshiq maktabi mavjud. Bundan tashqari, uning maktablari Yaqin Sharq, Yevropa, Afrika va Shimoliy Amerikada ham ochilgan.

10. B.R.Shetti – 1.8 milliard dollar


O‘ninchi o‘rinni sog‘liqni saqlash va halqaro pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanuvchi B.R.Shetti egalladi. Uning boyligi 1.8 milliard dollarni tashkil etdi. Shetti 1972 yil Abu Dabiga ko‘chib kelgan va o‘zining tadbirkorlik imperiyasini sog‘liqni saqlash va moliyaviy xizmatlar bilan kengaytirishdan boshlagan. Uning Londondagi NMC Health kompaniyasi eng katta sog‘liqni saqlash tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

11. Azad Mupen – 1.5 milliard dollar


Azad Mupenning mablag‘i o‘tgan yilgi hisobotdan 1.1 milliardan 1.5 milliardgacha ko‘tarilgan va BAAning boylari ro‘yxatida 11-o‘rinni egalladi. Uning ham asosiy mehnat faoliyati va daromadi sog‘liqni saqlash sohasidan bo‘lib, Aster DM Healthcare kompaniyasiga egalik qiladi. Uning kompaniyasi Yaqin Sharqda va Hindistonda eng yirik sog‘liqni saqlash bo‘yicha xizmatlar taklif qiluvchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Uning qo‘lida 1000 ortiq doktor ishlaydi va tashkilot yiliga taxminan 10 mln mijozni qabul qiladi.

12. Joy Alukkas — 1.1 milliard dollar


Qisqa ro‘yxatni zargarlik do‘konlariga egalik qiluvchi Joy Alukkas tugatdi. Uning Hindistonda, Yaqin Sharqda, Janubi-Sharqiy Osiyoda va hattoki Buyuk Britaniyada 105 dan ortiq zargarlik do‘koni mavjud. Bundan tashqari, uning qiziqishlari orasiga ko‘chmas mulk, ipak, savdo markazlari, pul ayirboshlash va hashamatli aviatsiya ham kiradi.

Top