18:32 / 05.03.2016
2470

Donbassdagi mojarolar boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga 265 million dollar ajratdi

AQSh Ukrainaga Donbassdagi mojarolar boshlanganidan buyon 265 million dollar ajratgani ma'lum qilingan. Bu haqda AQSh mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maykl Karpenterning ma'lumotiga asoslanib, RNS xabar bermoqda.

«Mojarolar boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga 265 mln dollar miqdorida yordam ajratdi. Bu mablag‘lar turli yo‘nalishlarda, jumladan, o‘quv-mashg‘ulotlari uchun hamda tungi ko‘rish moslamasidan radar qurilmalariga qadar, ratsiyalar, avtomobillar va patrul qayiqlari uchun sarflandi», — dedi Karpenter.

Uning ta'kidlashicha, AQShning vazifasi Ukraina kuchlarini jangovar tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Top