20:27 / 05.03.2016
5283

Nazarboyev Qozog‘istondagi birinchi “Makdonalds”ga tashrif buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboyev respublikada ilk marotaba o‘z ishini boshlagan taniqli fast-fud kompaniyasi hisoblanmish McDonald's restoraniga tashrif buyurdi. Bu haqida RIA “Novosti” davlat rahbarining matbuot hizmatidagi havola orqali xabar beradi.

Davlat rahbari kompaniya faoliyati bilan tanishib chiqib, mehnat jamoasi bilan suhbat qurgan. Ostonada qad rostlagan mazkur restoranning rasmiy ochilish marosimi 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Keyingi besh yil ichida yana 15ta bo‘linmalar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, McDonald's restoranining Qozog‘istondagi rahbari Kayrat Boranboyevdir. Boranboyevning qizi prezident Nazarboyev nabirasining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

Top