15:23 / 05.03.2016
3527

Xakerlar Metallinvestbankdan 677 mln rubl miqdorida pul o‘g‘irlashdi

Metallinvestbank noma'lum xakerlar hujumiga uchradi va natijada o‘z g‘aznasidagi 677 mln rubldan mahrum bo‘ldi. Bank rahbariyati politsiyaga murojaat qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, fevral oyi yakunida bankka 677 mln rubl pul olib kelingan. Dastalbki ma'lumotlarga ko‘ra, xakerlar o‘chirib tashlangan tizimga kirishgan va bir necha shaxslar nomiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishgan.
Politsiya matbuot xizmatida bank rahbariyati ularga murojaat etganligini tasdiqladi. Bo‘lgan voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top