07:32 / 05.03.2016
2336

Xosep Gvardiola: "Noyyer "Manchester Siti"da? Umid qilamanki, u faoliyatini "Bavariya"da yakunlaydi"

"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyyerni "Manchester Siti"ga taklif qilishi haqida OAVda paydo bo‘lgan gaplarga izoh berdi.

"Noyyer agar o‘zi istasa, yaqin 5, 6, 7, 8 yoki 9 yil davomida "Bavariya" darvozaboni bo‘ladi. Umid qilamanki, u faoliyatini shu yerda yakunlaydi", deb aytdi Gvardiola.

Noyyer 2011 yilda "Bavariya"ga "Shalke"dan o‘tgan.

Top