21:52 / 06.03.2016
4249

Afrika tuyaqushi velopoygachilarga "hamrohlik qildi"

Internetda Afrikadagi shosseda velopoygachilarga "hamrohlik qilishga" qaror qilgan tuyaqush roligi ommaviylashmoqda.

Velopoygachilarning biriga o‘rnatilgan kamera velopoygachilar guruhi orasiga qo‘shilib olgan tuyaqushni tasvirga  oldi. Videoda tuyaqush velopoygachilardan ortda qolmagan holda ularga ma'lum vaqt hamrohlik qilib borgani va oxir-oqibat bundan "zerikkach" chetga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Top