18:27 / 06.03.2016
3549

Kiyevdagi Rossiya elchixonasiga namoyishchilar tomonidan tuxumlar uloqtirildi

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning asirda saqlab turilganiga qarshi Kiyevda norozilik namoyishlari davom etmoqda. "111 Ukraina" agentligi tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, namoyishchilar Rossiya elchixonasi binosiga qarata tuxumlar uloqtirishgan.

Qayd etilishicha, namoyish ishtirokchilari tuxumlarni uloqtirish davomida "Nadejdani ozod qiling" shiorlarini hayqirishgan. Elchixona oldida yuzdan ortiq kishi to‘plangani aytilmoqda.

Ayni vaqtda elchixonani qo‘riqlash ishlari kuchaytirilgan.

Top