16:01 / 06.03.2016
5334

Saudiyalik bolaning barmog‘i go‘sht qiymalagichda tiqilib qoldi

Saudiyalik bolaning qo‘li go‘sht qiymalagichda tiqilib qolganligi tufayli uning barmog‘i jiddiy jarohatlandi.

G‘arbiy Taif shaharchasida yashovchi bola oshxonada go‘sht qiymalagich bilan o‘ynayotgan paytda uning qo‘li qurilmaning ichida tiqilib qolgan.

Uning ota-onasi qurilmani tezda o‘chirishgan, lekin bolaning qo‘li tiqilib qolgani uchun shifokorlarni va favqulodda vaziyatlar xodimlarini chaqirishgan.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari shifoxonada uning qo‘lini chiqarib olishgan, ammo bolaning uchta barmog‘i jiddiy jarohatlangani aniqlangan.

Top