11:26 / 06.03.2016
3198

Tramp terrorchilikka qarshi kurash haqidagi qonun shafqatsiz bo‘lishini istamoqda

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha qonunni qat'iylashtirishni niyat qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Men qonun doirasida ish olib bormoqchiman. Lekin qonunlarni kuchaytirishni istayman. Ayniqsa terrorchilarga qarshi kurash haqidagi qonunni. Shu yo‘l bilan bu hayvonlarga (terrorchilar - tahririyat) qarshi turish mumkin", deydi Tramp Florida shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda.

Tramp bundan oldin ham terrorizmga qarshi shafqatsiz bo‘lish tashabbusi bilan chiqqandi. Xususan u terrorchilarning oila a'zolari ham jazolanishini istagandi. Bir qator tahlilchilar uning takliflari qonundan chetga og‘ish ekanini iddao qilishgach, u o‘z pozitsiyasini biroz o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.

Top