08:42 / 07.03.2016
2783

Alan Pardyu «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqida: «Bizdan ochko o‘g‘irlashdi»

«Kristal Pelas» jamoasi bosh murabbiyi Alan Pardyu APLning 29-turida «Liverpul»ga qarshi o‘tgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yin haqida fikrlarini bildirish chog‘ida hakamning ishiga keskin tanqid bildirdi.

«Men hozir shuni his qilmoqdamanki, bizni talon-taroj qilishdi. Bunga o‘zimiz ham aybdormiz, raqib 1 kishi kamchilik bo‘lib qolganidan unumli foydalana olmadik. Penalti belgilangan vaziyatda bizning futbolchimiz raqibdan o‘zini olib qochdi. Lekin o‘yin tugashi arafasida qanot hakami buni ko‘rmaganga oldi va penalti belgilandi. Bu juda adolatsiz qaror bo‘ldi.

Benteke bu vaziyatda xavfli vaziyat yaratishdan yiroq edi va darvozamizga tahdid sola olmasdi. Jarima maydonchamizda ham u to‘pni uzatib berishi mumkin bo‘lgan raqib futbolchisi yo‘q edi. Yana qaytaraman, bu o‘ta nohaq qaror bo‘ldi.

Agar bizning futbolchimiz bilan shunday bo‘lganida penalti berilmasligi aniq edi. Butun mavsum davomida hakamlar bizga ayricha ko‘z bilan qarab kelishmoqda.

Men shundan qattiq xafamanki, bosh hakam bu vaziyatni ko‘rmadi va penalti belgilamadi. Lekin u yordamchisining so‘zlariga ishonib, qarorini o‘zgartirdi», – deydi Pardyu.

Kristian Benteke: «Men simulyatsiya ishlatmadim, hakam penalti belgilab to‘g‘ri qildi»

Top