15:15 / 07.03.2016
9322

Futbol o‘yini oldidan “Fly Emirates” styuardessalari ko‘rsatgan antiqa namoyish

“Benfika” va “Sporting” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishidan bir necha daqiqa avval tashkil etilgan shou “Estadio da Luj” stadioniga yig‘ilgan muxlislarni lol qoldirdi. Unda “Fly Emirates” aviakompaniyasining styuardessalari o‘yin davomida tomoshabin-muxlislar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini sharflar orqali ko‘rsatib berishdi. Ayniqsa, kompaniya xodimalarining maxsus kiyimda ma'lumotlarni xuddi samolyotda uchishdan avval ko‘rsatiladigan yo‘riqnomadek tushuntirib berishi olqishlarga sabab bo‘ldi.

Mazkur futbol uchrashuvi 2015 yilning 25 oktabrida o‘tkazilgan bo‘lib, 3:0 hisobida “Sporting”ni g‘alabasi bilan yakunlangan.

Top