15:05 / 07.03.2016
4780

Kinoshunos yosh rejissyorni tanqid qildi va yaxshi kinorejissyor bo‘lish sirini ochdi

Kino olamida o‘z qarashlari, keskin tanqidiy mulohazalari bilan tanilgan adabiyotshunos Shuhrat Rizayev bu safar rejissyor Ulug‘bek Abzalovning “Salom sevgi” filmi haqida mulohaza bildirdi.

Uning dastlabki tanqidi film afishasiga qaratildi. Ya'ni “Salom, sevgi” — bu undov, murojaat, his-tuyg‘u ishtirok etadigan birikma. Demak, “salom” so‘zidan keyin vergul, “Sevgi”dan keyin undov bo‘lishi kerak. “Salom sevgi” yozuvini ko‘rib, filmni ancha tajribasiz ijodkorlar ishlaganini angladim”, – deydi tanqidchi.

O‘z mulohazasida filmning bo‘sh jihatlari, aktyorlarning ijrosi haqida fikr bildirib, yosh rejissyorlar film olgunga qadar tajribali rejissyorlarga yordamchi bo‘lib ishlashlari lozimligini aytadi.

Shuningdek, mutaxassis yosh rejissyorga “Maslahatim jahon kinosining eng sara namunalari, italyan neorealizmi, fransuz romantizmi, Golluvudning “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘layotgan filmlari, Xitoy, Yaponiya, Eron kinoijodkorlari ijod mahsuli, xullas, kamida mingta kinokartina ko‘ring, o‘z ustingizda ishlang va albatta ko‘p kitob o‘qing”, – deydi.

Top