15:26 / 07.03.2016
2244

Politsiya Sidney zavodida asirga olingan kishilarni ozod qildi

Avstraliya politsiyasi Sidney shahri chekkasidagi zavod binosida garovga olingan uch kishini ozod qildi.

9News nashrining ma'lumotiga ko‘ra, otishma paytida ikki kishi jarohat olgan va bir kishi halok bo‘lgan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Olti soat davom etgan maxsus operatsiya natijasida jinoyatchi voqea joyida o‘ldirilgan, asirdagilar ozod qilingan. Xabarlarga ko‘ra, ularni qutqarish uchun o‘tkazilgan opertsiya chog‘ida hech qanday talofat ko‘rilmagan.

Ayni damda, huquq-tartibot xodimlari jinoyatchining o‘lim sababi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.

Top