12:52 / 08.03.2016
2181

OAV: Mixaylovich Berluskoni bilan ziddiyat tufayli "Milan" bosh murabbiyligidan ketadi

"Milan"ni joriy mavsumda boshqarib borayotgan mutaxassis Sinisha Mixaylovich joriy mavsum yakunida jamoadan ketadi. Sky Sport Italia nashrining yozishicha, uning jamoa xo‘jayini Silvio Berluskoni bilan munosabatlari yaxshi emas va ular o‘rtasida doimiy ravishda tushunmovchiliklar kelib chiqadi.

Ayni vaqtda milanliklar jamoasi A seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi "Yuventus" bilan oradagi farq esa 17 ochkoni tashkil etadi.

"Milan" Italiya kubogi finaliga chiqqan. Jamoa 21 mayga belgilangan finalda "Yuventus"ga qarshi o‘ynaydi.

Top