10:45 / 09.03.2016
2104

Iroq moliyaviy nochorlikdan 296 ta loyihani bekor qildi

Neft narxining tushib ketishi va harbiy amaliyotlarga sarf-xarajatlarning keskin oshib ketishi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli Iroq hukumati 296 loyihani bekor qildi va 2169 loyihani vaqtincha muzlatdi.

Bu haqda moliyaviy rejalashtirish vazirligi matbuot-kotibi Abdul Zahra al Hindaviy 8 mart kuni New Al-Sabah gazetasiga bergan interyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bag‘dod pudratchilarga to‘lovni ish oxirida amalga oshirish asosidagi  6 ming dona loyihalarni rag‘batlantirishni rejalashtirmoqda. Aksariyat mahalliy va ko‘plab xorij firmalari bunday tizimni qabul qilganlar.

Top