12:34 / 09.03.2016
2823

«Xall»ga qarshi o‘yinda «Arsenal»ning yana 3 futbolchisi jarohat oldi

«Arsenal»ning 8 mart oqshomida Angliya Kubogi doirasida «Xall» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvi vaqtida 3 nafar asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi. Jamoa himoyachilari Per Mertesaker va Gabriel Paulista, hamda xavbek ampluasida harakatlanuvchi Aaron Remzi safdan chiqishgan.

Birinchi taym vaqtida markaziy himoyachi Mertesaker raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan, u o‘yinni davom ettirgan, lekin ko‘p o‘tmasdan uning o‘rniga chap qanotda harakatlanuvchi Nacho Monrealni tushirishga to‘g‘ri kelgan.

Yana bir markaziy himoyachi Paulista esa ikkinchi taym vaqtida jarohatlangan. Uning o‘rniga hujumkor yarim himoyachi Aaron Remzini tushirishga to‘g‘ri kelgan. Lekin uelslik futbolchi ham jarohat olib, uni Jyeff Ren-Adeledaga almashtirishgan.

Top