18:52 / 10.03.2016
2079

«Borussiya» bosh murabbiyi: «Tottenhem» nemis jamoalariga o‘xshaydi»

Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa Ligasining navbatdagi bosqichida «Tottenhem»ga qarshi kechadigan bahs arafasida bu jamoani Germaniyadagi jamoalarga qiyoslab o‘tdi.

«Shporlar»ning o‘yin uslubi menga nemis jamoalarini eslatdi. «Tottenhem»ga xos jihatlarni ko‘plab nemis jamoalarida uchratish mumkin.

Ular to‘pning ko‘proq raqib tomonida bo‘lishini ta'minlashga harakat qilishadi, ular juda ixcham harakat qilishadi, yuqori pressing qo‘llashadi va bir butun jamoa bo‘lib himoyalanishadi, hujum chizig‘i vakillari ham himoyalanishda ishtirok etishadi. Bu Angliya futboli uchun xos emas.

Oldindagi o‘yinni kuzatish qiziq bo‘ladi. Biz o‘ta tartibli o‘ynashimiz va tavakkal qilishdan qochishimiz talab etiladi. Ikki o‘yin ham o‘ta shiddatli kechadi, bunga shubha yo‘q», – deydi u.

Top