19:09 / 10.03.2016
10610

Dunyoning eng qimmat shahri nomi ma'lum bo‘ldi

Singapur qatorasiga uchinchi bor dunyoning eng qimmat shahri, deb topildi. Bu haqida Economist Intelligence Unit ma'lumotlariga tayanib, The Independent xabar bermoqda.

Ikkinchi o‘rinni Tsyurix, uchinchi o‘rinni Gonkong egalladi. Keyingi pog‘onalarda Jyeneva, Parij, London va Nyu-York qayd etilgan.

Top-10 ro‘yxatni Kopengagen, Seul va Los-Anjyeles yakunlagan.

Ekspertlar reyting tuzishda oziq-ovqat, kiyim-kechak, xo‘jalik mollari, shaxsiy gigiyena mahsulotlari narxini inobatga olgan. Shuningdek, transport, ijara to‘lovlari, kommunal to‘lovlar, shaxsiy maktablar uchun xarajatlar ham e'tibordan chetda qolmagan.

Avvalroq Kiyev va Minsk Yevropaning eng yomon shaharlar qatorida sanab o‘tilgan edi.

Top