14:47 / 10.03.2016
2627

Yevroittifoqdagi Xitoy investitsiyasi 23 mlrd dollarga yetdi

Yevrohudud va AQShdagi Xitoy investitsiyalari hajmi rekord darajada oshib bormoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich AQShda 15 mlrd, Yevropada 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqida Baker & McKenzie yuridik firmasi va Rhodium Group konsalting guruhi ma'ruzalari asosida Financial Times xabar berdi.

Xitoyda kuzatilgan iqtisodiy pasayishga qaramay, Yevropadagi ko‘rsatkich 28% foizga, AQShda esa 17% foizga oshgan.

Mablag‘larni jalb qilish borasida Italiya yetakchi. Pirelli va ChemChina kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, mamlakatga $7,9 mlrd dollari miqdorida mablag‘ kirib kelgan bo‘lsa, Fransiyadagi ko‘rsatkich $3,6 mlrd dollarini tashkil qilgan.

Top