10:31 / 10.03.2016
4858

Kamilla va uning “Dejavyu”si

Xonanda Kamilla va uning "Pomidor entertainment" jamoasi ertaknamo ijod mahsulini tayyorlashdi. Qiziq, bu ijod mahsuli ertaknamo bo‘lsa, bolalar uchunmikan? Yo‘q, ertaklar faqat bolalar uchun, desangiz adashasiz...

Gap shundaki, 14 fevral kuni premera qilingan va ko‘plab radiotinglovchilarning sevimli taronasiga aylangan “Dejavyu” qo‘shig‘iga klip ishlandi. Klip bir necha kunlardan so‘ng tinglovchilar e'tiboriga havola etiladi. Hozir esa xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida klip tizeri bilan bo‘lishdi.

Aytish kerakki, klipni tayyorlash ishlari “Dejavyu” qo‘shig‘i hali mamlakatimizdagi radiostansiyalarda yangramasidanoq boshlab yuborildi.

Yangi klipda ham faqat animatsiyadan foydalaniladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javobni Kamilla klip tayyor bo‘lgunga qadar ochiq qoldirishga qaror qildi. Uning aytishicha, klip syujyetlari barcha qizlar orzu qiladigan ertaklarga asoslangan.
Klip borasidagi boshqa ma'lumotlar sir saqlanmoqda, biroq bu klip juda ham o‘zgacha bo‘lishi aytilmoqda. 

Reklama huquqi asosida

Top