11:56 / 10.03.2016
2950

Misr hukumati ayollarga jamoat joylarida niqobda yurishlikni taqiqlaydigan bo‘ldi

Misr hukumati mamlakat ayollarining jamoat joylarida ayollarning yuzini yashirib turadigan niqob taqib yurishlarini taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ishlamoqda, deb yozadi The Independent. Bu kiyimga bo‘lgan taqiq faqatgina jamoat joylari va davlat muassasalarida kiyishlik uchun kiritiladi.

Nashrning ma'lum qilishicha Misrdagi ayrim jamoat tashkilotlari mazkur cheklovni qo‘llab-quvvatlagan. Ularning fikricha, yuzni batamom yopib yuruvchi libos Islom dini an'analariga muvofiq emas.

Huquqshunoslik fanlari doktori Amna Noseirning tushuntirishicha, paranji hech qanaqasiga shariat qonun-qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yahudiylardan qolgan odat bo‘lib, Islom kelishidan oldin Arabiston yarim orolidagi ayollar shunday kiyinishgan. Bundan tashqari, professorning ta'kidlashicha, Islom ayollarni siporoq kiyinishga, butun yuzlarini emas, balki sochlarini berkitishga da'vat etadi.

Top