12:14 / 10.03.2016
11337

Nilufar Usmonova: “Instagramda haqoratli so‘zlarni ishlatganlarni “kalamush” deb atayman”

Xonanda Nilufar Usmonova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusi internetga joylandi. Xonanda boshlovchining bergan savollariga shaddod va hazilomuz tarzda javob berdi. Biroq suhbat davomida javoblar oxirigacha tuganlanmay uzilib qolinganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Nilufar Usmonova “Tarona Rekords”ni tark etmaganini, yuzini hech qanday operatsiya qildirmagani, sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlar noto‘g‘ri ekanligi, tez orada o‘zining art-direktori Shohrux Yassaviy bilan yangi loyiha tayyorlaganini ta'kidlab o‘tdi.

Muxlislarnining “Nilufar Usmonova uch nafar farzandini uchta turmush o‘rtog‘idan tuqqan bo‘lsa-da, juda baxtli ayol” degan fikrlariga nisbatan bu noto‘g‘ri fikr ekanligini qayd etdi.

Instagram tarmog‘ida ba'zi fikrlarga xonanda qo‘pol javob berishini tan oldi.

“Nilufar Usmonova ovozi yo‘qolgani uchun uning qo‘shiqlarini Yulduz Usmonova kuylab bermoqda” degan mulohazani esa muhlislarning navbatdagi g‘iybati ekanligini ta'kidlab, isboti uchun jonli ijroda kuylab berdi.

Shuningdek, xonanda bolajonlar uchun “Xaru va uch toshning siri” nomli kitob yozganini aytib o‘tdi.

Video-intervyuni tomosha qiling.

Top