16:53 / 10.03.2016
2812

Rio Ferdinand: «Ibrahimovich «Arsenal»ga o‘zi bilan g‘oliblik ruhini olib o‘tishi mumkin»

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand «PSJ»ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovich haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning fikricha, bu futbolchi Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tib, jamoa ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsata oladi.

«Chelsi»ga qarshi o‘yinda Ibrahimovich ko‘rsatdiki, uning yoshi 34da bo‘lsada, APL jamoalarida o‘ynay oladi. Ingliz jamoalari yozda erkin agentga aylanadigan bu futbolchi bilan qiziqib ko‘rishlari mumkin. Zlatan o‘z sovuqqonligi bilan o‘yin taqdirini hal qila oladi. «Chelsi»ga qarshi bahslar taqdirini aynan u hal qildi.

Ibrahimovich «Arsenal»ga g‘alaba ruhini olib kela olishi mumkin. Zlatan bu jamoaga o‘tsa, undan talab qilinadigan ishni bajara oladi», – deydi Ferdinand.

Top