08:30 / 10.03.2016
3678

Xiddink: Azar Di Mariya bilan futbolka almashmasligi kerak edi, muxlislarning unga hushtakbozlik qilishga haqqi bor

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi YeChLning nimchorak finalida "PSJ"ga qarshi 1:2 hisobida yakunlangan mag‘lubiyatdan keyin jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"O‘yinning dastlabki 10 daqiqasida raqibga juda erkin harakatlanish imkonini berdik. Balki raqibni haddan tashqari hurmat qilib yubordik. "PSJ" maydonda hukmronlik qildi.

Ularda yaxshi jamoa bor. Lekin biz faollashganimiz zahoti maydonda ustunlik bizning tomonimizga o‘tdi. Vaziyatlar yarata boshladik.

67-daqiqada barchasi o‘zgardi. Bizda gol urish imkoni paydo bo‘ldi, ammo keyin Diyego Kosta jarohat oldi. U o‘yinga to‘liq tayyor emasligini bilardik, ammo u o‘ynashni juda istadi va chiroyli gol ham urdi.

Jamoalar tarkibida farq katta edi. Biz yoshlarni maydonga tushirdik, ular esa Edinson Kavanini. Shunga qaramay aytishim lozim, yosh va iqtidorli Kenedi chap qanotda ajoyib o‘yin namoyish qildi.

Mavsum oxir o‘tdi. Men "Chelsi"ga kelganimda jamoa xavfli zonada edi. Biz vaziyatni o‘nglay oldik. Ammo kuchli to‘rtlikka kirish qiyin bo‘ladi. Biz hozir o‘tish davridamiz.

Azar Di Mariya bilan tanaffus vaqtida futbolka almashdi? Bunday qilish yaramaydi, lekin bu eng katta muammo emas.

Muxlislar unga hushtak chalishdimi? Ular bunga haqlidirlar", - deya qo‘shimcha qiladi gollandiyalik murabbiy.

Top