23:00 / 10.03.2016
4021

Xitoyda baliqchilar qishlog‘i pechak bilan qoplandi

Xitoyning Shengsi arxipelagi 394ta oroldan tashkil topgan bo‘lib, ulardan bor-yo‘g‘i 18tasida odam yashaydi. Bu orollarni mahalliy o‘simliklar faol ravishda qoplab olmoqda.

Bir baliqchilar qishlog‘i sayyohlar orasida pechaklar (chirmovuqqa o‘xshab o‘sadigan o‘simlik) bilan butkul qoplab olingan kimsasiz uylari bilan ommalashib ketdi. Ba'zi uylarning faqatgina derazalari ko‘rinib turadi.

Bu uylarga nazar tashlaganda, ular xuddi dekorativ bo‘lib, ularda avval hech kim yashamagandek ko‘rinadi.

Top