09:17 / 11.03.2016
2908

Besh ayol samolyot bortida baland musiqa deb janjallashib ketdi

AQShning Spirit Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida ayollar o‘rtasida janjal chiqdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.

Janjalning chiqishiga ikki qiz baland ovoz bilan yoqib qo‘ygan musiqa sabab bo‘lgan. Bir necha yo‘lovchi ayollar qizlarga e'tiroz bildirishgan.

Shundan keyin ba'zilari mast bo‘lgan ayollar o‘rtasida janjal chiqqan. Janjalda 5 ayol ishtirok etgan.

Samolyot qo‘ngandan keyin janjalkash ayollarni politsiya kutib turgan. Biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari ayollarni hibsga olmaslikka qaror qildilar va ularga og‘zaki tanbeh berish bilan cheklandilar.

Top