17:09 / 11.03.2016
1672

Di Kaprio skaut-qizlarga pechene sotishda “ko‘maklashmoqda”

Amerikalik skaut-qizlar aktyor Leonardo Di Kaprioni o‘z pechenelarining “yuzi” qilib olishdi.

Girl Scout Cookies loyihasi pishiriqlarining reklamasi feysbukda 7 mart kuni paydo bo‘ldi. Hozirga qadar u 60 ming turli munosabatlar to‘pladi.

“Oskar” mukofotini topshirish marosimida Girl Scouts of the USA harakati ishtirokchilari pechene tarqatishgan va o‘sha o‘ramlarning biri Di Kaprioning qo‘liga tushib qolgan. Vaziyatdan foydalangan fotograflar olgan surat ko‘psonli memlarga asos bo‘lib xizmat qildi.

Skaut-qizlarning o‘zlari ham mashhur “Bill kabi bo‘l” memidan ilhomlanib, o‘zlarining reklama matnlarini yaratishdi: “Bu Leo. Leo “Oskar” olishni xohlaydi. Leo marosimda Girl Scout Cookies sotib oladi. Leo “Oskar” oldi. Leo aqlli. Leo kabi bo‘l”.

Top