20:29 / 11.03.2016
2484

Oliy Liga, 2-tur: «Paxtakor», «Bunyodkor», «Nasaf» va «Lokomotiv» o‘z o‘yinlarida g‘alaba qildi

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekistonning 5ta stadionida futbol bo‘yicha 2016 yilgi Oliy Liga bahslarining 2-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Andijon»  – «Lokomotiv» 
Dastlab "Lokomotiv" "Andijon" maydoniga safar qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Toshkentliklar safida Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl qayd etgan bo‘lsa, Sardor Mirzayev o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Andijonlar esa bunga faqat Otabek Valijonovning goli bilan javob qaytarishdi.

"Andijon" - "Lokomotiv" — 1:3
Gollar: Otabek Valijonov (90) - Sardor Mirzayev (25), Temurxo‘ja Abduxoliqov (80, 87),
"Andijon": Xurshid Xo‘jayev, G‘ulom O‘runov, Nemanya Yovanovich, Davron Tursunov, Azamat Isroilov, Iqbol Boboxonov, Ibrohim Otaxonov, Javlon Guseynov, Rabbimjon Xasanov, Bobur Akbarov, Alisher Shog‘ulomov, Otabek Valijonov.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Nemanya Yanichich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Mirzayev, Salim Mustafayev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze, Sanjar Shoaxmedov, Oleg Zoteyev, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Ogohlantirishlar: D.Tursunov 66, O.Valijonov 71

«Mash'al» – «Metallurg»
“Mash'al“ o‘z maydonida “Metallurg“ jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bekobodliklar safida Javohir Esonqulov, Mirg‘iyos Sulaymonov hamda Zohid Abdullayev gollarga mualliflik qilishgan bo‘lishsa, muborakliklar safida yagona golni Zafar To‘rayev hisobiga yozildi.

"Mash'al" - "Metallurg" — 1:3
Gollar: Zafar To‘rayev (11) - Javohir Esonqulov (52), Mirg‘iyos Sulaymonov (72), Zohid Abdullayev (80)
"Mash'al": Botir Nosirov, Iskandar Shayqulov, G‘iyosjon Komilov, Jamshid Xasanov, Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Mirzohid G‘ofurov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Avaz Agaliyev, Zafar To‘rayev, Shahboz Erkinov
"Metallurg": Zafar Safoyev, Hikmat Xoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘monov, Javohir Esonqulov, Zohid Abdullayev, Murod Toshmatov, Jahongir Abdumo‘minov, Saidxon Abdujabborov, Mirg‘iyos Sulaymonov.
Ogohlantirishlar: H.Hoshimov 65, I.Qobilov 90.

«Olmaliq» – «Nasaf»
"Nasaf" esa mehmonda “Olmaliq“qa qarshi o‘ynadi. Olmaliqdagi o‘yinning 26-daqiqasida Farhod Tojiyev hisobni ochdi - 1:0. Bahsning 72-daqiqasida jamoadoshlari boshlagan hujumni Bahrom Abdurahimov gol bilan yakunladi - 1:1. 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Dilshod Rahmatullayev "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2. 89-daqiqada Saydulla Rahmatov o‘z hisobiga mavsumdagi ilk golini yozib qo‘ydi - 1:3.

"Olmaliq" - "Nasaf" — 1:3
Gollar: Farhod Tojiyev (25) - Bobur Abduholiqov (72), Dilshod Rahmatullayev (82), Azamat Allaniyozov (84).
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Islom Inomov, Darko Stoyanovich, Yevgeniy Gogol, Rahmatullo Berdimurodov, Yaraslav Martinyuk, Farhod Tojiyev, Zohir Pirimov, Doniyor Ismoilov, Dilshod Jo‘rayev, Ruslan Vagapov
"Nasaf": Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Aziz G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Ilxom Shomurodov, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov, Deyan Bolevich, Erkin Boydullayev, Sherzod A'zamov, Bobur Abduholiqov.
Ogohlantirishlar: Umid Xonimqulov 42, Erkin Boydullayev 80

«So‘g‘diyona» – «Bunyodkor»
“Bunyodkor“ safarda “So‘g‘diyona“ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Bahodir Nasimov tomonidan urilgan yagona gol natijada toshkentliklarga g‘alabani taqdim etdi.

"So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" — 0:1
Gol: Bahodir Nasimov (25)
"So‘g‘diyona": Temur G‘aniyev, Jahongir Jiyamurodov, Faruh Shotursunov, Eldor Oripov, Murod Xolmuhammedov, Sobir Hamidov, Sanjar Rashidov, Muzaffarov, Sarvar Jo‘rayev, Hakimov, Sardor Sobirxo‘jayev
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Akrom Komilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Yuritsa Bulyat, Rustam Ashurmatov, Javlon Ibrohimov, Minori Sato, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov 8, Dostonbek Hamdamov 84, Shaker Zuagi 86.

«Paxtakor» – «Qo‘qon-1912»
"Paxtakor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qildi. 18-daqiqada Jamshid Iskanderovning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Igor Sergeyev darvozaga yo‘lladi - 1:0. Ikkinchi bo‘lim boshida Sherzod Karimovning pasidan so‘ng Igor Sergeyev dublga erishdi - 2:0. Oradan ko‘p o‘tmay Masharipovning to‘p uzatishidan keyin Sherzod Karimovning o‘zi ham gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuv tugashiga 4 daqiqa qolganida Suhrob Berdiyev yakuniy natijani o‘rnatdi - 4:0.

"Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" — 4:0
Gollar: Igor Sergeyev (18), Igor Sergeyev (57), Sherzod Karimov (63), Suhrob Berdiyev (85).
"Paxtakor": Nikita Ribkin, Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Kamolddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullayev, Javohir Sohibov, Sherzod Karimov, Jamoliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev.
"Qo‘qon-1912": Andrey Baklanov, Mirjalol Qurbonov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Otabek Zokirov, Doston Tursunov, Furqat Hasanboyev, Ilya Ilin, Alisher Ziyovuddinov, Abdulloh Olimov, Oybek Nurboyev.
Ogohlantirish: Oybek Qilichev 80

Ertaga, 12 mart kuni muxlislar "Obod" - "Buxoro", "Sho‘rtan" - "Qizilqum" hamda "Neftchi" - "Navbahor" qarama-qarshiliklariga guvoh bo‘lishadi.

Top