10:25 / 11.03.2016
1624

Qirg‘izistonlik chegarachilarni terrorizmga qarshi kurashga o‘rgatish boshlandi

Qirg‘iziston chegara xizmati vakillarini terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga harbiy qarshi choralar ko‘rishga o‘rgatish kampaniyasi boshlandi. Bu haqdagi ma'lumot mamlakat jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi departamenti tomonidan e'lon qilindi.

"Chegara xizmati bo‘limlariga xalqaro terrorizm va ekstremistik tashkilotlar bilan kurashish maqsadida profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda", - deyiladi ma'lumotda.
O‘quv mashg‘ulaotlari xavfli vaziyatlarda terrorchilarni yo‘q etishga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan boyitilgan. Shaxsiy tarkib bilan ushbu mashg‘ulotlarni mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mutaxassislari o‘tkazmoqda.

Top