21:55 / 12.03.2016
1655

Finlyandiyalik fermerlar Xelsinkida "traktorlar marshini" o‘tkazishdi

Finlyandiyada mahalliy fermerlarning Xelsinkida "traktorlar marshi" bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Yle nashri.

Fermerlar namoyishi Xelsinkidagi Senat maydonida butun mamlakatdan bir necha ming odamni yig‘di. Ulardan ko‘pchiligi voqea joyiga traktorlarda kelgan.

"Traktorlar marshi" ishtirokchilari bilan mamlakat bosh vaziri Yuxa Sipilya hamda qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Kimmo Tiilikaynen uchrashgan.

Bosh vazir fermerlarning ahvolini yaxshilashga va'da bergan. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqida fermerlarga yordam beruvchi maxsus jamg‘arma yaratilishi kerak.

Finlyandiyalik fermerlarning muammolari bir necha omillar, jumladan Rossiya tomonidan solingan oziq-ovqat embargosi, xarid narxlarining tushishi hamda subsidiyalar to‘lash bilan bog‘liq qog‘ozbozchilik bilan bog‘langan.

Top