21:23 / 12.03.2016
1365

"Manchester Siti" Gvardiola jamoaga yangi murabbiy bo‘lishi e'lon qilingandan keyin 6 ta o‘yindan 2 tasida yutdi

"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining 30-turida mehmonda "Norvich" bilan 0:0 hisobida durang natija qayd qildi.

"Bavariya"ning amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi mavsumdan "Man Siti"ga murabbiylik qilishi haqidagi yangilikdan keyin "shaharliklar" APLdagi oxirgi 6 ta o‘yindan 2 tasidagina g‘alaba qozondi: jamoa "Sanderlend" va "Aston Villa"ni yutgan hamda "Lester", "Tottenxem", "Liverpul"ga yutqazgan va "Norvich" bilan durang o‘ynagan.

Ayni vaqtda chililik mutaxassis Manuel Pellegrini jamoasi 51 ochko bilan chempionatda "Lester", " Tottenxem" va "Arsenal"dan keyin 4-o‘rinni egallamoqda.

Top