16:01 / 12.03.2016
2884

Mirzabek Xolmedov: “Qiziqchini bachkana deyotganlar, bolasini internetning nojo‘ya ta'siridan cheklasin!”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov oxirgi paytlarda ko‘p tanqid qilinayotgan qiziqchilar bachkanaligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

“Qiziqchining hangomasini oila davrasida ko‘ra olmaydi-yu, lekin bolasining xulqi buzilishi uchun o‘zi qo‘liga telefon tutqazadi. Qiziqchiga bachkana degan tamg‘ani qo‘yayotganlar, uning hangomasidan cho‘chiyotganlar bolasiga internetning nojo‘ya ta'sirini cheklasin. Bugun hamma odam qiziqchini tanqid qilishga usta”, deydi qiziqchi “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Mirzabek Holmedov yosh qiziqchilar jamoasi haqida gapirib, jurnalistning “ularning ijodini kuzatasizmi”, degan savoliga “Albatta, kuzataman. Barchasi hurmatimni qilib, “ustoz” deb murojaat etishadi. Mana, “Million”chilar ozgina chegaradan chiqishgandi tanqidga uchrashdi. “Million”chilar birinchi konsertini qo‘yganida “Hay-hay ko‘zlaringga qaralaring”, deb ogohlantirdim. Lekin bu bilan ular uddalay olishmadi, degan fikrdan yiroqman”, deb javob bergan.

Top